"Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi rekordini yangiladi

Alisher
8 noya 2019
"Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi guruh bosqichida "Partizan" (3:0)ni mag'lub etgan holda, pley-off masalasini muddatidan oldin hal qildi.

"Qizil iblislar" ushbu musobaqadagi 15ta o'yinda ham mag'lubiyatga uchrashmadi (11 g'alaba, 4 durang).

Bu Yevropa Ligasi ishtirokchilari orasidagi eng uzun seriyadir.

MYU shuningdek Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi ketma-ket 6ta o'yinda ham gol o'tkazib yubormadi.

Oxirgi marta "qizil iblislar" darvozasiga pley-offga qadar 2016 yil noyabrda "Fenerbaxche" (2:1) to'p kiritgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/europaleague