"Manchester Siti" xo'jayinlari "Palermo"ni xarid qilmoqda

Alisher
1 iyul 2022, 18:47
"Manchester Siti"ga rahbarlik qiluvchi City Football Group bugun 11-klubini xarid qilishi mumkin.

Bugun xolding Italiyaning "Palermo" klubi xarid qilinganini e'lon qilishi mumkin.

"Palermo" 2019 yilda bankrot bo'ldi va D Seriyaga o'tkazildi.

City Football Group kompaniyasi hozirda 10 ta klubga egalik qiladi: "NAK Breda" (Niderlandiya), “Lommel” (Belgiya), “Nyu-York Siti” (AQSH), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Montevideo Siti Torke” (Urugvay), “Jirona” (Ispaniya), “Yokogama F Marinos” (Yaponiya), “Trua” (Fransiya), “Mumbai Siti” (Hindiston), “Sichuan Czyunyu” (Xitoy).


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia