"Manchester Siti" "Roma"dan himoyachi olib kelmoqchi

Khoja
10 yanv 2026
"Manchester Siti" braziliyalik o'ng qanot himoyachisi Uesli Fransa bilan bog'lanib, uning "Roma"dan transferini yanvar oyidayoq amalga oshirish niyatida, deb xabar beradi Globo.

Manbaga ko'ra, "Siti" klubi futbolchini "Flamengo"dagi faoliyatidan beri kuzatib kelmoqda va uni himoyachi sifatida "ishonchli variant" deb hisoblamoqda. Manchester klubi, shuningdek, ushbu transfer oynasida mumkin bo'lgan kelishuv shartlarini baholash uchun Italiya klubi bilan bog'langan. Ammo "Roma" uni Jahon chempionatidan oldin sotish niyatida emas va hali transferga rozi bo'lmagan.

Bu mavsumda 22 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi.


KhojaMuallif
Manba: Globo