"Manchester Siti" futbolchisi safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2025, 15:16
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Klaudio Echeverri jarohat olganini tasdiqladi.

"Uning to'pig'ida bazi muammolar bor. Uning tiklanishi uchun 2 yoki 3 hafta kerak bo'ladi. Barchamiz u uchun afsusdamiz", – dedi Gvardiola.

19 yoshli argentinalik futbolchi "Al Ayn"ga qarshi o'yinning 27-daqiqadasida gol urdi. Ikkinchi bo'lim boshida uning o'rniga Fil Foden tushdi. Bu Echeverrining 2025 yilgi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi ilk o'yini edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com