

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Abdulaziz Iskandarov xabar berdi.
"Bunyodkor"ning gruziyalik legioneri Imeda Ashortia keyingi mavsumni "Andijon"da boshlashi kutilmoqda", – deyiladi xabarda.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum 32 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholamoqda.



