"Man Yunayted" bosh direktori Richard Arnold klubni tark etdi

Administrator
15 noya 2023, 20:35
Klub rasman buni ma'lum qildi.

"Manchester Yunayted" klubi jamoa bosh direktori Richard Arnoldning iste'fosini e'lon qildi. Sky News ma'lumotiga ko'ra, Richard Arnoldning kyetishiga jamoa akciyalarinining 25% qismini sotib olayotgan Jim Retkliffning klubga kelayotgani sabab bo'lgan. 

Ma'lumot uchun, Richard Arnold 2007 yildan beri MYUda faoliyat olib boradi. So'nggi ikki yil u klub bosh direktori lavozimida ishladi. 

"Manchester Yunayted" qisqa muddatga Patrik Styuartni bosh direktor etib tayinladi. Klub hozirgi vaqtda uzoq muddatga bosh direktor qidirmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com