

Klub chempionat tugashiga 2 tur qolganida muddatdan oldin chempionlikni rasmiylashtirishdi. Malme safarda Falkenbergni mag'lub etdi (3:0), uning eng yaqin taqibchisi Norrcheping esa Elfsborgga yutqazdi (1:2).
Malme o'z tarixida 22-marta Shvetsiya chempioni bo'ldi. Bu Shvetsiya klublari uchun mutloq rekord hisoblanadi. Chempion bo'lish borasida ikkinchi o'rinda Geteborg bormoqda - 18ta.







