Madrid otmen. Artyom Dovbik faoliyatini Italiyada davom ettiradi

Khoja
26 iyul 2024, 07:55
O'tgan mavsum La liga to'purari Artyom Dovbik faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Ukrainalik hujumchi Romaga ko'chib o'tishi mumkin. Uning agenti allaqachon Rimga muzokaralarning so'nggi bosqichini yakunlash uchun kelgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Artyom Dovbik Atletiko bilan kelishuvga erishgani va tez orada Madrid jamoasiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Hujumchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com