Luis Enrikening PSJdagi kelajagi aniq

Sherzod Nurmatov
2 fev 2026
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi jamoa boshqaruvida Luis Enrikeni uzoq muddatga saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Xabar berishlaricha, parijliklar ispaniyalik mutaxassisga 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashgan. Bu esa Enrikening amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanishi va uning kyetishi mumkinligi haqida avval tarqalgan xabarlarga qaramay, amalga oshmoqda. Qayd etilishicha, bosh murabbiy Parijda o'zini qulay his qilmoqda va kelasi mavsumga tayyorgarlikka to'liq e'tibor qaratish uchun kelajagini imkoni boricha tezroq hal qilishni istaydi.

PSJda yangi shartnoma muddati bejiz tanlanmagani takidlanmoqda. Klub sport direktori Luish Kampushning amaldagi bitimi ham 2030 yilda yakunlanadi va "qizil-ko'klar" rahbariyati boshqaruv hamda murabbiylar barqarorligini bir necha yil oldindan taminlashni maqsad qilgan.

Yaqin vaqt ichida bitim uzaytirilgani haqida rasmiy e'lon chiqishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana