"Lokomotiv" Oston O'runov transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2019
"Lokomotiv" "Navbahor"dan Oston O'runovning transferini e'lon qildi.

"Oston O'runov - Lokomotiv futbolchisi!

Yosh umidli yarim himoyachilardan biri Oston O'runov Lokomotiv PFK bilan shartnoma tuzdi.

Shu yil 19 yoshni qarshi oladigan futbolchi bungacha Navbahorda to'p tepib kelayotgandi, bundan buyon u temiryo'lchilar sharafini himoya qiladi. Oston O'runov kechagi mashg'ulotda jamoa a'zolariga tanishtirildi va Loko safida ilk mashg'ulotini o'tkazdi. 

Ma'lumot uchun, Oston O'runov 2000 yilning 19 dekabr kuni tug'ilgan. 2017-2019 yillar davomida Navbahor tarkibida harakat qilib, O'zbekiston chempionati doirasida 51 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Shu o'rinda Ostonga Lokomotiv oilasiga xush kelibsan deb qolamiz va temiryo'lchilar safidagi faoliyatiga omad tilaymiz", deb yoziladi rasmiy bayonotda.

TAS-IX emas




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz