

Kuni kecha Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi jamoa safiga "Lokomotiv" hujumchisi Azizbek Omonov qo'shildi. Biroq hujumchi "Surxon"ga o'tadi degani emas. U yaqinda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birga Turkiyadagi yig'indan qaytib keldi. "Lokomotiv" esa yaqinda xorijiy yig'inni o'tkazish uchun ketdi. Shu bois hujumchi ayni paytda Toshkentda bo'lib turgan "Surxon" safida mashg'ulot o'tkazmoqda xolos.




