"Liverpul" "Napoli" vingerini kuzatadi

Alisher
6 may 2022, 12:37
"Napoli" vingeri Irving Losano "Liverpul" diqqatini tortmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, futbolchi yozda Neapoldan kyetishga tayyor. Klub yaxshi taklif olsa, transferga qarshilik ko'rsatmaydi.

Oldinroq, o'yinchi "Napoli"dan ko'ra mavqei balandroq bo'lgan jamoada o'ynashni xohlashini aytgandi.

Losano "Napoli"ga 2019 yilda PSVdan 35 mln evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

26 yoshli meksikalik joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira