“Liverpul” Minaminoni 20 million evroga sotishga tayyor

Оқил Абдубарноев
8 iyun 2022
Yaponiyalik yarim himoyachi Takumi Minamino "Liverpul"ni tark etishi mumkin.

Minaminoning agenti Yusuke Akiyama klublar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Futbolchining xizmatlariga APLning to'rtta jamoasi - "Sautgempton", "Lids", "Fulxem" va "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, yapon futbolchisiga "Monako" ham e'tibor qaratgan.

Ingliz klubi Takumini 20 million evroga sotishga tayyor.

27 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum APLda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: This is Anfield