"Lids" "Tottenxem" himoyachisini ijaraga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
30 avg 2023, 16:26
"Tottenxem" himoyachisi Jed Spens ijara huquqi asosida "Lids"ga o'tdi.

Kelishuv bir yilga mo'ljallangan.

O'tgan mavsum "Tottenxem" va "Renn" sharafini himoya qilgan Spens 16 o'yinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka oldi. Angliyalikning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. 

"Transfermarkt" portali 23 yoshli futbolchi transfer narxini 10 million evro deb baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: leedsunited.com