"Leyptsig" Sancho transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho keyingi faoliyatini qayerda davom ettirishi so'roq ostida bo'lib turibdi.

Taniqli insayder Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, Germaniyaning "Leyptsig" klubi "Manchester Yunayted" 26 yoshli futbolchining vakillari bilan potencial transferni muhokama qilish uchun bog'langan.

Xabar qilinishicha, Sanchoning "Borussiya" Dortmundga qaytish istagi avvalgidek bo'lishiga qaramay, "Leyptsig" Sanchoga ancha jozibador shartlarni taklif qilmoqda va unga keraklicha o'yin vaqtini kafolatlashga tayyor.

Sancho 2021 yilda "Borussiya D"dan "Manchester Yunayted"ga 85 million evro evaziga qo'shilgandi, ammo uning Manchestyerdagi faoliyati kutilganidek chiqmadi. U "qizil iblislar" safida atigi 83 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.

Sancho ushbu mavsum ijara asosida "Aston Villa"da o'ynamoqda, uning shartnomasi shu yozda tugaydi. U "Villa" safida 29 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur