Rasman: Levan Arveladze - "Lokomotiv" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
17 dek 2024, 01:02
O'tgan mavsum davomida "Andijon"da o'ynagan Levan Arveladze "Lokomotiv"ga o'tdi.

"O'tgan mavsumda "Andijon" tarkibiga kelib qo'shilgan tajribali futbolchi Levan Arveladze yangi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.

Yakunlangan 2024-yil davomida Levan Arveladze 30 o'yinda qatnashib, 3 gol muallifi bo'ldi va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi.

Jamoamizga xush kelibsan, Levan!", - deb yoziladi klub matbuot xizmati bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати