"Lester" "King Pauer" stadionida klub sobiq egasi sharafiga haykal qo'ydi

Sherzod Nurmatov
5 apr 2022
Marosimda marhumning oila a'zolari, "Lester" ishchilari, futbolchilar va murabbiy Klaudio Raneri qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, Vishay Shrivaddanaprabxa 2018 yilning oktyabrida stadionda vertolyot qulashi oqibatida halok bo'lgan. Mudhish hodisa "Lester" Premer-liga g'olibligini qo'lga kiritganidan 2 yil o'tib sodir bo'lgandi.  

Haykal dushanba kuni ochildi va unda "Lester" sobiq ustozi Klaudio Raneri ham ishtirok etdi. 

Shuningdek, "Lester" asosiy jamoa va akademiya uchun o'zining zamonaviy mashg'ulot maskanini ochdi.

Bundan tashqari, eng yaqin rejalar qatoriga "King Pauer"ni rekonstrukciya qilish, sig'imini 40 000 dan ortiq o'ringa oshirish kiritilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated