Leau: “Arsenal” menga yoqmoqda”

Eldor Akmurzayev
25 dek 2022, 08:35
“Milan” a'zosi Rafael Leau kelajakda o'z kuchini Angliyada sinab ko'rishi mumkin.

“Ha, kelajakda bu bo'lishi mumkin, ammo hozir 100 foiz bor e'tiborimni “Milan”da o'ynashga qaratganman. Top klub bilan shartnomam bor. Menga bu shahar yoqadi.

Ko'p o'yinlarni tomosha qilaman. Bu yil menga (Angliyada) “Arsenal” yoqmoqda. Ular qoyilmaqom futbol ko'rsatishmoqda”, deydi portugaliyalik.

Eslatib o'tamiz, Leauning “rossonerilar” bilan shartnomasi 2024 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano