

Jamoa yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi. Klub rasmiy sayti tarqatgan ma'lumotga ko'ra, so'nggi mavsum "Valensiya"ni boshqargan mutaxassis Pako Ayesteran "Las-Palmas" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Pako Ayesteran o'z vaqtida "Valensiya", "Liverpul" va "Al-Ahli" jamoalarida bosh murabbiyi yordamchisi bo'lib ishlagan.



