Kuzyaev "Gavr" safidagi debyut golini urdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 avg 2023
Rossiyalik xavbek Daler Kuzyaev Fransiya chempionatida "Gavr" safidagi birinchi golini urdi.

Bu Liga 1"ning 2-turi doirasidagi "Brest" qarshi uchrashuvda yuz berdi. Kuzyaev o'yinning 52-daqiqasida gol urib, hisobni tenglashtirdi (1:1). Biroq "Gavr" durangni saqlab qola olmadi, "Brest" 56-daqiqada ikkinchi golini urdi va yakunda g'alabani tantana qildi.

Chempionatning ikki turidan "Gavr" 1 ochkoga ega va jadvalning 13-pog'onasini band etib turishibdi.

Kuzyaev "Gavr"ga shu yoz erkin agent sifatida o'tgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia