Kurtua KJCH tanqidchilariga javob qaytardi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025
"Real"ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati saviyasini tanqid qilganlar haqida fikr bildirdi.

"Agar siz Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati saviyasi yomon deb o'ylayotgan Twitter'dagi to'rt kishiga ishonsangiz, yanglishasiz.

O'yinni haqiqatan ham tushunadigan odamlar Braziliya jamoalari kuchli ekanligi, "Al Hilol" ajoyib jamoa ekanligi va "Monterrey" ham g'alaba qozonishi mumkinligini bilishadi", – dedi Kurtua.

Kurtua "Real" bilan KJCH chorak finaliga chiqdi, unda madridliklar Dortmundning "Borussiya"si bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports