Kunde: "Rekordni yangilamoqchiman"

Mirjalol Normatov
22 avg 2025
Himoyachi Jyul Kunde "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.

Oldinroq himoyachi Kataloniyada 2030 yilgacha bo'lishi ma'lum qilingandi.

"Shartnomani uzaytirganimdan xursandman. Bu kelishuvga juda tez va oson erishganimizdan mamnunman.

Aytganlaridek, rivojlanishning chegarasi bo'lmaydi. Bu mening maqsadim. Bu klubda bo'lganlarning omadi kelgan, ular doimo sovrin uchun kurashishgan. Biz yanada ko'prog'iga harakat qilyapmizyu "Barselona"da o'ynash juda yoqimli, chunki bu yerda o'yinlar soni ko'p. Umid qilamanki, fransiyaliklarning "Barselona"dagi o'yini soni bo'yicha Abidalning rekordini yangilay olaman", - dedi Kunde.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo