Konferenciyalar ligasi saralashi. "Fiorentina"dan superkambek!

Mirjalol Normatov
29 avg 2025, 01:08
"Fiorentina" Konferenciyalar ligasi saralashini muvaffaqiyatli yakunladi va umumiy guruh bosqichiga yo'llanma oldi.

Florenciyaliklar so'nggi o'yin oldidan katta ustunlikka ega edi. Jamoa Ukrainaning "Polese"sini safarda 3:0 hisobida mag'lub qilgan va o'z maydonidagi o'yinga katta ustunlik bilan kelgandi.

Biroq uchrashuvda kutilmaganda ukrainaliklar 2:0 hisobida oldinga o'tib olishdi. Uchrashuvning so'nggi 15 daqiqaligida mezbonlar 3ta gol urib, g'alabani ilib ketdi va Konferenciyalar ligasi guruh bosqichiga yo'llanma oldi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia