

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio o'z saytida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Italiya klubi egasi Petro Laterca 34 yoshli braziliyalik futbolchini yarim mavsumga taklif qilish g'oyasini o'rganmoqda. Keyinchalik esa u futbolchini Dubayning "Al Ittifoq" jamoasiga yuborishni rejalashtirgan. Ayni paytda Dubay klubida Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo'lmagan futbolchi uchun bo'sh o'rin mavjud emas.
Duglas Kosta "Sidney"dan ketganidan beri erkin agent hisoblanadi. U 2017-2020 yillarda Italiyada "Yuventus" safida to'p tepgan. Shuningdek, "Bavariya", "Gremio", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Fluminense" jamoalarida harakat qilgan.



