Kellini: "Qiyin davrni boshdan kechirmoqdamiz"

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2022
"Skuadra Adzurra" himoyachisi Jorjo Kellini terma jamoa istiqboli xususida fikr bildirdi.

Jorjo Kellini Finalissima Kubogi uchun o'yinda Argentinaga mag'lub bo'lgach (0:3), Italiya jamoasi avlodlar almashinuvi davrini boshdan kechirayotganini aytdi. Bundan kelib chiqqan holda, kelajakda oson bo'lmaydi.

"Qiyin bo'lishini bilardik. Albatta, biz sovrin yutishdan umidvor edik, ammo bu o'tmishdagi yutug'imizni bekor qilmaydi.

Aytganimdek, biz qiyin davrni boshdan kechirmoqdamiz, avlodlar almashmoqda. Umid qilamanki, butun mamlakat jamoamizni qo'llab-quvvatlaydi, bu juda zarur", – dedi 37 yoshli himoyachi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com