Kaxi Maxaradze: "Faqatgina bitta xato qildik"

Mirjalol Normatov
4 sen 2022
Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/4 final doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" sardori Kaxi Maxaradze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yinda faqatgina bitta standartdan keyin katta xatoga yo'l qo'ydik. O'yinda yomon harakat qilganimiz yo'q. Nima ham derdim. "Nasaf"ni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman. O'yinni ko'rib, taxlil qilishimiz kerak.

- Bosh murabbiyning o'zgargani jamoada sezilyaptimi?

- Ha, Denis Vladimirovichda boshqacha uslub, Server Reshatovichda boshqacha. Ko'ramiz, vaqt barchasini ochib beradi. 

- Server Jeparov bilan qanday o'yin uslubida o'ynashni kutyapsiz?

- Hujumkor o'ynaymiz. Bizda boshqa variant yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia