Kanselu: "Barselona"ni yaxshi ko'raman"

Alisher Ostonov
14 sen 2025
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu "Barselona"ga bo'lgan muhabbati haqida fikr bildirdi.

Futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.

"Barcha biladi, men "Barselona" muxlisiman, "Barselona"ni yaxshi ko'raman, bu klubni yaxshi ko'raman, u yerda vaqt o'tkazish menga juda yoqqan. Mening qalbim "Barselona" bilan va ular o'tgan mavsumda ko'plab titullarni qo'lga kiritganidan baxtiyorman", - dedi Kanselu.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib bordi va "Inter"ga mag'lub bo'ldi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Barca Universal