Kannavaro Toshkentda

Narzulla Saydullayev
6 okt 2025
Italiyalik sobiq futbolchi, 2006 yilgi Jahon chempioni va "Oltin to'p" sohibi Toshkentga yetib keldi.

"O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birgalikda Toshkentga yetib keldi", - deb yozdi O'FA matbuot xizmati. 

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, bugun, 6 oktyabr kuni Kannavaro O'FA bilan rasman shartnoma imzolaydi va terma jamoani qabul qilib oladi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia