Kanada bosh murabbiyi xorvatiyalik jurnalistlarning g'azabiga duchor bo'ldi

Sherzod Nurmatov
26 noya 2022, 14:39
Kanada bosh murabbiyi Jon Herdman Belgiyadan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin shov-shuvli intervyu berdi.

"Men yigitlarga bu ularning turniri ekanligini aytdim. Kelinglar, Xorvatiyani yanchib tashlaymiz (bundan ham qo'pol so'z ishlatilgan – tahr.). Hammasi oddiy. Biz Jahon chempionatiga bir nechta ishlanmalar bilan keldik: avvalo, qo'rqmaslik kerak. Qo'rqmasdan o'ynang. Shuningdek, biz bazi rekordlarni yangilab, Jahon chempionatida birinchi golni urishimiz lozim".

Ertasi kuni Xorvatiyaning asosiy tabloidlaridan biri Sata24 Herdmanning ustidan kulgan holda kollaj qilib, "Tiling bor, lekin jinsiy a'zong bormi?" sarlavhasi bilan material chop etdi.

Umuman olganda, kanadalik murabbiyning beixtiyor ishlatgan iborasi xorvatiyaliklarni qattiq ranjitdi. Shubhasiz, bu holat Modrich va hamkasblariga motivaciya beradi. Ular Herdman shogirdlarini taslim qilish uchun bor kuchlarini sarflashadi.

Xorvatiya – Kanada o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia