Kamerunda Eto'oning haykali buzib ketildi

Оқил Абдубарноев
6 mar 2024
Kamerun poytaxti Yaunde shahrida Kamerun futboli afsonasi va mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Samyuel Eto'o sharafiga o'rnatilgan haykal buzib ketildi.

Ushbu buzg'unchilik harakatining aniq sabablari noaniq bo'lib qolmoqda va Yaundé tuman meriyasi tomonidan hech qanday rasmiy izoh berilmagan. Bu ikkinchi holat bo'lib, avvalroq haykalning chap qo'liga shikast etkazilgandi.

Eslatib o'tamiz, Eto'o 2021 yilning 11 dekabridan buyon Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Avvalroq uning iste'fosi qabul qilinmagani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/AllezLesLions