Kalvert-Lyuin singan barmog'i bilan o'ynab, APLda 3 gol urdi

Mirjalol Normatov
29 avg 2021
"Everton" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin Angliya termasining navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, futbolchi APLdagi dastlabki turlarni singan barmog'i bilan o'tkazgan va unda 3ta gol urgan.

"Everton" ayni damda APLda 7 ochko jamg'argan holda 4-o'rinni egallab turibdi.

Angliya termasi sentyabr oyida Vengriya, Andorra va Polsha termalariga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph