Julio Sezar Balotelliga: "O'ynaysanmi yoki kechaga borasanmi?"

Alisher
15 avg 2019, 10:59
Braziliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Julio Sezar Mario Balotelliga qo'ng'iroq qilganini tan oldi.

Braziliyalikning sobiq klubi bo'lmish "Flamengo" italiyalik forvard bilan shartnoma imzolamoqchi.

- Marioga qo'ng'iroq qildim: "Mario sen o'yinga borasanmi yoki kechagami?". Balotelli esa: "Men o'ynagim kelyapti" dedi, - deb aytib o'tdi Sezar.

U "Flamengo" bilan yaxshi tanish emasligi haqiqat. Men unga dunyoda eng zo'r klub yo'qligini aytdim. Bu yerda muxlislarning katta jamoasi va betakror muhiti bor. O'ylaymanki, bu unga yordam beradi.

Hujumchining so'nggi klubi "Marsel" bo'lgan edi. Italiya terma jamoasi o'yinchisi bundan oldin "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul" va "Nicca" klublarida o'ynagan. 


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte