

"O'zbekiston terma jamoasining bir qancha ijobiy tomonlarini takidlashim mumkin: ular juda intizomli, mehnatkash va barqaror jamoa ekan, o'yin suratini yaxshi boshqara olishar va his qilishar ekan. Birinchi taymda ular juda kuchli bosim o'tkazishdi, bu esa to'p bizda bo'lishiga qaramay, o'yinimizni to'g'ri rivojlantirishimizga imkon bermadi. Faqatgina ikkinchi taymga kelib, bu bosim biroz pasaydi va hujum qila boshladik. Yakunda esa ikkita gol urishga erishdik", - dedi Marselo Belsa o'yindan keyingi matbuot anjumanida.



