"Jenoa"ning yangi bazasini ko'rdingizmi?

Narzulla Saydullayev
2 okt 2020, 12:20
Italiya A seriyasi vakili "Jenoa"ning yangi bazasi foydalanishga topshirildi.

Shunday qilib "Jenoa" ham Yevropa standartlariga mos zamonaviy qarorgohga ega bo'ldi. Ushbu bazaga "Jenoa" safida 1988 yildan 1995 yilgacha o'ynab klub afsonasi darajasiga ko'tarilgan Janluka Sinorini nomi berildi va Gianluca Signorini Sports Center deb nomlanadi.

Bazada barcha sharoitlar mujassam. Standart maydon, uning yonida mashg'ulotlar uchun mo'ljallangan kichikroq maydon, yog'och o'ymakorligi asosida ishlangan trenajyor zal, basseyn, video tahlil xonasi hamda futbolchilar uchun yotoq joy. Qarorgohga kirish devorlari "Jenoa" libosi ranglarida - qizil va ko'kka bo'yab chiqilgan. Bundan tashqari bu yerda bolakaylar uchun alohida kichkina maydoncha ham bor.

Ma'lumot uchun, "Jenoa" Italiyadagi eng yoshi katta to'rtta klubdan biri hisoblanadi. Jamoaning yoshi 127da. Endi hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham mana shu bazada bo'lajak bahslarga hozirlik ko'radi.


Bilasizmi? Shomurodov Italiya A seriyasida o'ynaydigan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi        



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia