JCH-2026 saralash uchrashuvi. Rustam Lutfullin Islomobodga boradi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2024
Xabaringiz bor, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz JCH-2026 saralashi doirasidagi Yaman – BAA uchrashuviga tayinlov olgan edi.

Xuddi shu bosqich doirasidagi yana bir bahs - Pokiston – Iordaniya bahsini boshqarish vazifasi Rustam Lutfullin boshchiligidagi vakillarimizga ishonib topshirildi. Islomobod shahridagi "Jinnah Sports Stadium" stadionida bo'lib o'tadigan bahsda qanotlarda unga Sanjar Shoyusupov hamda Alisher Usmonov yordam bersa, tailandlik Jumpaun Vivat zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan.

Quyida ular boshqaradigan uchrashuv ma'lumotlari bilan tanishing:

JCH-2026 saralashi, 2-bosqich | Osiyo mintaqasi, “G” guruhi
Pokiston – Iordaniya
21.03.2024 | 14:00
Hakamlar:

Bosh hakam: Rustam Lutfullin (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Sanjar Shoyusupov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Jumpaun Vivat (Tailand)

Vakillarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎзФҲМ матбуот хизмати