JCH-2022 saralashidagi guruhdoshlarimiz kecha o'zaro o'yin o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2019
Kecha Iroqda hisob bo'yicha IX G'arbiy Osiyo Chempionati start oldi.

Ushbu musobaqada jami 9ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi JCH-2022 saralashida O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan bir yo'la uchta terma jamoa Saudiya Arabistoni, Falastin va Yaman G'arbiy Osiyo Chempionatida qatnashmoqda.

Kecha "A" guruhidan o'rin olgan 1-tur o'yinlari o'tkazildi. Qizig'i uchrashuvlardan birida Falastin va Yaman to'qnash kelishdi. Bahs taqdirini bitta gol hal qildi. 27-daqiqada falastinliklar vakili Yosir Hamid boshi bilan Yaman darvozasiga gol urdi - 1:0.


"B" guruhidan joy olgan Saudiya Arabistoni ilk uchrashuvni 4 avgust kuni Kuvaytga qarshi o'tkazadi.



Falastin - Yaman 1:0

Gol
: Yosir Hamid 27.

Falastin: Rami Hamada, Shodi Shaban, Mahmud Abuvarda, Oday Dabbag', Muhammad Balah, Abdallah Jobir, Abdallatif Al Bahdari, Musa Bashir, Yosir Hamid, Islom Batran, Muhammad Darvish.

Yaman: Salim Said, Ahmad Abdulvohid, Muhammad Umar, Mudir Al Radaei, Ahmad Al Saruri, Ahmad Said, Muhsin Hasan, Abdulvasea Abd Mohd, Mufid Jamal, Tafiq Emad, Muhammad Ba Rovis.



TAS-IX emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia