Javohir Sohibov "Qo'qon-1912"da

Iskandarov Abdulaziz
31 yanv 2022
Joriy yilgi qishki transferlar vaqtida tarkibda katta yo'qotishlarga uchragan "Qo'qon-1912" jamoasiga yangi futbolchilar kelishi davom etmoqda.

Ayni paytda "shunqorlar" Farg'onada bo'lib o'tayotgan "Hokim kubogi" musobaqasida ishtirok etyapti. Kecha guruh bosqichining uchinchi turidan o'rin olgan "Andijon-1"ga qarshi bahsda jamoa tarkibida Javohir Sohibov maydonga tushdi. 

Yarim himoyachi 2021 yilgi mavsumni "Turon" va "Surxon" jamoalari libosida harakat qilgandi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia