Javlon Salohitdinov: "Bugun bitta gol o'yin taqdirini hal qilardi"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2021
"So'g'diyona" bosh direktori Javlon Salohitdinov "Lokomotiv"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





O'yin haqida 

- Biz penaltidan foydalana olmadik, raqib esa gol urdi. Bugun bitta gol o'yin taqdirini hal qilardi, o'sha golni "Lokomotiv" urdi. 

- Nega Ulug'bek Baqoev bugun zaxira o'rindig'ida o'tirmadi?

- Kecha PFL bizga xat yubordi va kubok chorak finalidagi "Nasaf" bilan o'yindagi vaziyat tufayli Baqoev 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilingani ma'lum bo'ldi. 

- Bugungi mag'lubiyatdan keyin jamoaning 2-o'rinni olish uchun imkoniyatlari keskin tushib ketdi. Oldinda AGMK va "Nasaf" bilan o'yinlar kutmoqda...

- Imkoniyatimiz keskin tushib ketdi demagan bo'lardim. "Nasaf"da ham qiyin o'yinlar bor, "Surxon" bilan oson bo'lmaydi. Oldindagi 2ta bahsda yutsak, 2-o'rin uchun imkoniyatimiz bo'ladi. AGMK ham ochko olishiga hech kim kafolat bermaydi, kecha "Andijon" bilan o'yinda ko'rdinglar qanday qiynalishganini.

- Jasur Hasanov haqida nima deya olasiz. Oxirgi o'yinlarda u faqat bir taym o'ynamoqda. Bu uning jismoniy holati bilan bog'liqmi?

- Uning yoshiga qarang - 38 yosh, lekin uncha-muncha himoyachidan tez yuguradi. Murabbiylar uni nega bir taym o'ynatishganini bilmayman, ularning ishiga aralashmayman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia