Jaloliddin Masharipov: "7-raqamni mendan qandaydir Osiyo yoki yevropalik futbolchi emas, Ronaldu olmoqda"

Iskandarov Abdulaziz
5 dek 2022
Jahon yulduzi, Portugaliya terma jamoasi a'zosi Krishtianu Ronalduning "Al Nassr"ga o'tishi haqida xabarlar chiqa boshladi.


"Eshitdik-da" JCH-2022ni ham zabt etganda. Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida o'ynaydi


Ushbu jamoada to'p tepayotgan hamyurtimiz, ayni paytdagi 7-raqam egasi Jaloliddin Masharipov mazkur jarayonga munosabatini bildirdi. 

"Al Nassr"da pul ko'p emas, juda ko'p. Eshitishimcha, klub Ronalduga shartnoma taklif qilgan. Keladimi yo'qmi o'zi hal qiladi.  O'zida qolgan gap. Ronaldu baribir Ronaldu. Unge ettinchi raqamni bersak xursand bo'lamiz. Bunday futbolchilarni hurmat qilish kerak. Masharipovdan 7-raqamni qandaydir Osiyo yoki yevropalik futbolchi emas, Ronaldu olmoqda",- deydi Jaloliddin Masharipov. 

 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia