Jahon chempioni Afina klubida o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2022
Afinaning AEK klubi rasmiy sayti fransiyalik himoyachi Jibril Sidibening transferi haqida xabar berdi.

Futbolchi erkin agent edi, shuning uchun u Gretsiya klubiga tekinga o'tdi. Tomonlar 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashdi.

30 yoshli Sidibe bungacha "Trua", "Lill", "Monako" va "Everton" klublarida to'p tepgan. Fransiya terma jamoasi safida 18 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. U 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya chempioni, 2018 yil esa Fransiya bilan Jahon chempioni bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: aekfc.gr