"Istanbul Bashakshehir" nazorat o'yinida g'alaba qozondi, Eldor Shomurodovdan assist

Mirjalol Normatov
17 iyul 2025
Avstriyada yig'in o'tkazayotgan "Istanbul Bashakshehir" bugun Germaniyaning "Fortuna"siga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Unda Turkiya jamoasi 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona kiritilgan gol 83-daqiqada Omar Faruk Beyaz nomiga yozildi. Ushbu golga 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov hammualliflik qildi.

"Istanbul Bashakshehir" - "Fortuna Dyusseldorf" 1:0

Gol: Omar Faruk Beyaz (83).

"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Sengezer, Osseynou Ba, Ivan Brnich, Onur Bulut, Migel Krespo, Nuno da Kosta, Leo Duarte, Kristofer Operi, Berat Ozdemir, Omar Shahiner, Yusuf Sari.

Zaxiradan tushganlar: Omer Faruk Beyaz, Onur Ergun, Umut Gyunesh, Devi Zelke, Eldor Shomurodov.

"Fortuna Dyusseldorf": Florian Kastenmeyer, Sotirios Aleksandropulos, Shinta Appelkamp, Anuar El Azzuzi, Moritc Xeyer, Emmanuel Iyoxa, Tim Oberdorf, Kristian Rasmussen, Danni Shmidt, Kennet Shmidt, Mattias Zimmerman.

Zaxiradan tushganlar: Hamza Anxari, Elias Eguli, Jiovanni Xaag, Julian Xettver, King Manu Samuel, Jonax Nemes, Jamil Sibert, Sima Suso, Vincent Vermeyi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia