Ispaniyalik ayol futbolchilar ularning ligasida erkaklar hakamlar ham ishlashini so'rashdi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2025
Ispaniya ayollar ligasida futbolchi ayollar erkak hakamlar tayinlashni so'rashdi.

Uch yil avval, Ispaniya Ayollar superligasi Liga F nomi bilan qayta tashkil qilinganda, turnir reglamentida o'yinlarni faqat qizlar-hakamlar boshqarishi mumkinligi yozilgan edi.  

Yaqin kunlarda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) va Liga F o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi va unda erkak hakamlarni o'yinlarga jalb qilish imkoniyati muhokama qilinadi.  

Takidlanishicha, ko'plab futbolchi ayollar, murabbiylar va klublar musobaqalardagi hakamlar ishi sifatini tanqid qilishgan. Ular o'zlari RFEF bilan muloqotni boshlashga tashabbus ko'rsatishdi.  

"Bizda eng yaxshi hakamlar bo'lishi kerak, erkak bo'ladimi yoki ayol", – dedi "Barselona" darvozaboni Kata Kol.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo