

De la Fuente "Marca" nashriga bergan intervyusida Le Normanning o'yinidan juda mamnun ekanligini ta'kidladi. Mutaxassis futbolchining kuchli tomonlaridan boxabarligini aytdi.

"Le Norman – Yevropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Uni tanlaganimda, o'z ishini a'lo darajada bajaradigan va jamoamizning g'alaba qozonishiga yordam beradigan katta professional ekanligini juda yaxshi bilardim", – dedi de la Fuente.
Eslatib o'tamiz, Robin Le Norman "Atletiko"da o'ynaydi. Himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 6 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



