Isak "Nyukasl" mashg'ulotlaridan chetlatildi. Nega?

Aslanov Jasurbek
6 avg 2025
Aleksander Isak "Nyukasl" mashg'ulotlaridan chetlatildi.

Hujumchi "Liverpul"ga o'tishi mumkin degan mish-mishlar fonida klubning Osiyo bo'ylab mavsumoldi turnesini o'tkazib yuborgan edi.

talkSPORT ma'lumotlariga ko'ra, Isak jamoa Angliyaga qaytgandan so'ng "Nyukasl" bazasiga keldi, lekin o'sha mish-mishlar sabab unga alohida mashg'ulot o'tkazish buyurildi.

Bu qarorni "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau qabul qilgan deb hisoblashmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT