Isak "Al Hilol"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
18 iyul 2025, 22:20
"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak Saudiya Arabistoni sari yo'l olishi mumkin.

Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, ushbu transferning amalga oshishiga hech nima to'sqinlik qilmasligi mumkin. Chunki ikkala klub ham Saudiya Arabistoni shahzodasiga tegishli fond orqali moliyalashtiriladi.

Ayni damda uning "Liverpul"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar ko'paygan va futbolchining o'zi ham bu transferga qarshilik qilmayotgani aytilgandi.

Isak o'tgan mavsum APLning 34 o'yinida 23 gol va 6 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com