Iroq terma jamoasi ispaniyalik murabbiyini ishdan bo'shatdi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025
Iroq futbol assotsiatsiyasi ispaniyalik murabbiy Xesus Kasas Garsiya va uning yordamchilari bilan shartnoma ular shartnoma majburiyatlarini jiddiy buzgani sababli bekor qilinganini e'lon qildi.

"Bu qaror FIFAning "Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha reglament"ning 14-moddasiga muvofiq qabul qilindi. FIFA bu haqda rasmiy ravishda xabardor qilingan bo'lib, bu Assotsiatsiyaga vakolatli organlar oldida o'z huquqiy manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi", – deyiladi rasmiy bayonotda.

Xesus Kasas 2022 yil 5 noyabrdan buyon Iroq terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Jamoa 2023 yil uning qo'l ostida Fors Ko'rfazi Kubogida zafar quchgan edi. 

Ma'lumot o'rnida, Iroq terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichi "B" guruhida kurash olib bormoqda va ayni paytda 12 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi. Terma jamoani oldinda Koreya Respublikasi va Iordaniyaga qarshi o'yinlar kutmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: socceriraq.net