"Inter" yozda "Monca" himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyun 2023, 13:19
"Monca" himoyachisi Karlos Augusto "Inter" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Shuningdek, futbolchi Angliyaning "Nottingem Forest" klubi e'tiborini ham o'ziga qaratgan. A Seriyaning yakuniga etgan mavsumida 35 uchrashuvda maydonga tushgan Karlos Augusto 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma etkazib berdi.

Himoyachining transfer narxi 8 million evro deb baholanmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru