"Inter" Polsha terma jamoasi himoyachisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
26 okt 2021, 21:24
Milanning "Inter" klubi "Sampdoriya" hamda Polsha termasi himoyachisi Bartosh Bereshinskiga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, "neradzurrilar" futbolchini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritishmoqchi.

29 yoshli Bereshinski "Sampdoriya" uchun 10 o'yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnmoasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport