"Inter Mayami" Liga kubogining yarim finaliga yo'l oldi

Khoja
21 avg 2025
Liga kubogining chorak finalida "Inter Mayami" "Tigres" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv 2:1 hisobida mayamiliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Luis Suares ikki marta penaltidan unumli foydalanib, dubl qayd etdi.

"Inter Mayami" sardori Lionel Messi jarohat sababli bugungi uchrashuvni o'tkazib yubordi.

Endi "Inter Mayami" final yo'llanmasi uchun "Toluka"  "Orlando Siti" uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.



KhojaMuallif
Manba: championat.asia