"Inter" darvozabon ijaraga oldi

Mirjalol Normatov
11 avg 2023
"Sampdoriya" posboni Emil Audero faoliyatini ijara asosida "Inter"da davom ettiradi.

Shartnoma bir mavsumga mo'ljallangan bo'lib, mavsum yakunlanganidan keyin "Inter"da posbonni sotib olish imkoniyati paydo bo'ladi. "Yuventus" tarbiyalanuvchisi hisoblangan darvozabon 2018 yildan buyon "Sampdoriya" sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'tgan mavsumda 26 yoshli golkiper 25 zyinda qatnashdi va shularning oltitasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: inter.it